Dahshat! “MYU”ning deyarli asosiy tarkibi PSJ bilan o‘yinda qatnashmaydi

Sport

image

“Manchester Yunayted” bosh murabbiysi Ole-Gunnar Sulsher Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 finali bahsida ishtirok etadigan jamoa qaydnomasini e’lon qildi.

Qaydnomaga Antoni Martial, Xuan Mata, Ander Errera, Jessi Lingard, Nemanya Matich va Aleksis Sanches kabi futbolchilar jarohatlari sabab kiritilmagan. Shuningdek jamoaga Pol Pogba ham ertangi o‘yinda diskvalifikatsiya sabab yordam bera olmaydi.

PSJga qarshi safar o‘yini uchun “MYU”ning qaydnomasidan quyidagi futbolchilar joy olishgan:

Darvozabonlar: De Xea, Romero, Grant;

Himoyachilar: Bayi, Dalot, Lindelyof, Roxo, Shou, Uilyams, Yang;

Yarimhimoyachilar: Fred, Garner, Gomes, Maktominey, Pereyra;

Hujumchilar: Chong, Grinvud, Lukaku, Reshford.

Eslatib o‘tamiz, PSJ – “MYU” uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 7 mart kuni soat 01:00 da boshlanadi. Birinchi o‘yinda ingliz klubi o‘z maydonida parijliklarga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Yunayted Ole-Gunnar Sul'sher PSJ

Baholaganlar

91

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing