Olmaliq tog‘-kon metallurgiya kombinatiga 4,1 milliard dollar investitsiya kiritiladi

Jamiyat

image

Turkiyalik investorlar Olmaliq tog‘-kon metallurgiya kombinatiga 4,1 milliard dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar kiritadi. Bu haqda bugun, 20 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning turkiyalik tadbirkorlar bilan o‘tkazgan uchrashuvida so‘z bordi. 

Qayd etilishicha, “Ronesans Holding” bilan "O‘zbekiston metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyatini modernizatsiya qilish va rivojlantirishga 630 million yevro, Olmaliq tog‘-kon metallurgiya kombinatiga 4,1 milliard dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar kiritish, shuningdek, shifoxonalar va savdo markazlarini qurish bo‘yicha umumiy qiymati qariyb 3 milliard dollarlik yangi loyihalarni amalga oshirish to‘g‘risida kelishuvlarga erishilgan. 

Bugungi uchrashuvda O‘zbekiston bilan Turkiyaning vazirlik va kompaniyalari o‘rtasida aloqalarni yanada rivojlantirish, o‘zaro mahsulot yetkazib berish va xizmat ko‘rsatishni kengaytirish, klinikalar va oliy o‘quv yurtlari tashkil etish bo‘yicha aniq loyihalar muhokama qilingan. Prezident bu rejalarni ma’qullab, mutasaddilarga tez fursatlarda amaliy ishlarga o‘tish, byurokratik to‘siqlarsiz ularni hayotga tatbiq etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Olmaliq tog'-kon metallurgiya kombinati

Baholaganlar

65

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing