Ertadan Toshkentdagi 24 ta maktabda an’anaviy shaklda o‘qish boshlanadi

Jamiyat

image
Maktablar ta’til jadvalida o‘zgarish bo‘ladimi? north_east

Maktablar ta’til jadvalida o‘zgarish bo‘ladimi?

Ertaga, 21 sentyabrdan Toshkent shahrida yana 24 ta maktab an’anaviy tarzda o‘quv yilini boshlaydi. Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi ertadan faoliyatini boshlaydigan maktablar ro‘yxatini e’lon qildi.

Qayd etilishicha, 21 sentyabrdan boshlab Bektemir tumanidagi 290, 292-sonli maktablar, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 35, 54, 112, 142, 187, 207, 225, 256, 275, 308-sonli maktablar, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi PMTIDUM hamda MAFIDUM, Shayxontohur tumanidagi 299-sonli maktab, Yunusobod tumanidagi 53, 72, 87, 88, 105, 150, 235, 302 hamda 313-sonli maktablar ham o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yadi.

Ma’lum qilinishicha, 2020 yil 21 sentyabr holatiga Toshkent shahridagi 318 ta umumta’lim muassasalaridan quyidagi 160 tasi an’anaviy tarzda faoliyat ko‘rsatadi:

Bektemir tumanidagi 289, 290, 292-sonli maktab.

Mirobod tumanidagi 31, 56, 57, 60, 65, 94, 125, 147, 154, 158, 175, 213, 214, 218, 328-sonli maktablar.

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 18, 27, 35, 49, 50, 54, 64, 112, 121, 142, 187, 207, 208, 209, 210, 221, 225, 256, 223, 241, 275, 308-sonli maktablar, FFIDUM, PMTIDUM, MAFIDUM.

Olmazor tumanidagi 1, 11, 15, 16, 24, 29, 36, 46, 159, 165, 185, 224, 233, 234, 242, 243, 249, 261, 298, 326-sonli maktablar hamda 106-maktab-internat.

Sergeli tumanidagi 2, 55, 33, 266, 267, 269, 303-sonli maktablar.

Uchtepa tumanidagi 14, 38, 44, 81, 106, 107, 193, 194-sonli maktablar.

Chilonzor tumanidagi 66, 90, 168, 184, 195a, 200, 202, 217, 280-sonli maktablar.

Shayxontohur tumanidagi 10, 19, 37, 39, 41, 34a, 82, 84, 85, 92, 113, 132, 136, 157, 180a, 169, 186, 254, 299, 314, 316, 320, 324-sonli maktablar.

Yunusobod tumanidagi 5, 9, 12, 17, 21, 43, 51, 53, 58, 63, 70, 72, 80, 87, 88, 96, 98, 105, 150, 235, 246, 250, 257, 259, 260, 271, 272, 273, 288, 302, 313, 327-sonli maktablar hamda TFIDUM.

Yakkasaroy tumanidagi 25, 26, 48, 89, 118, 144, 172, 321-sonli maktablar.

Yashnobod tumanidagi 30, 69, 151, 161, 166, 212, 227, 244-sonli maktablar.

Toshkent shahridagi boshqa umumiy o‘rta ta’lim maktablari sanitar va tibbiy tayyorgarligi holatidan kelib chiqib, o‘z faoliyatini an’anaviy tarzda boshlagunga qadar onlayn tarzda, ya’ni “Onlayn-maktab” loyihasi doirasidagi televizion darslar orqali dars mashg‘ulotlarini amalga oshiradi.

Avvalroq, Toshkentning Shayxontohur tumanidagi 59, 40 va 262-sonli umumta’lim maktablarida an’naviy ta’lim to‘xtatilgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

maktab

Baholaganlar

75

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing