“Chelsi” Azarni “Real”ga sotishni istamayapti

Sport

image

Yozgi transferlar oynasi ochilishi bilan londonliklar Azarning narxini oshirib yubordi.

Ma’lum bo‘lishicha, London klubi “Real”ga futbolchining narxi endi avvalgidek 86 mln funt emas, balki 112 mln funtga ko‘tarilganini ma’lum qilgan. “Chelsi” futbolchini qo‘yib yubormaslik maqsadida shu ishga qo‘l urdi. Azarning o‘zi esa Yevropa Ligasi finalidan so‘ng Madridga yo‘l olishni ko‘zlab turibdi.

Eslatib o‘tamiz, “Chelsi” va belgiyalik forvard o‘rtasida tuzilgan shartnoma yana bir yil o‘z kuchida bo‘ladi. Oldinroq futbolchi jamoa bilan shartnomasini uzaytirmasligini ma’lum qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Chelsi Futbol Edin Azar

Baholaganlar

26

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing