MTRK binosida yirik yong‘in yuz berdi

Jamiyat

image

Bugun, 21 avgust kuni Shayxontohur tumani, A.Navoiy ko‘chasi 69-uyda joylashgan “O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi” binosida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Yong‘in soat 01:54 da MTRK joylashgan binoning oshxonasi, yordamchi xonalari va tom qismi 400 kv m maydonida yongan. Yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalari tomonidan ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 02:45da qurshab olinib, soat 03:36da o‘chirilgan. Yong‘in joyiga 12 ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb qilingan.

Yong‘in elektr simlarni qisqa tutashuvi oqibatida sodir bo‘lgan, deb taxmin qilinmoqda. Yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong‘inda insonlarni halok bo‘lish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmadi.  


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent yong'in MTRK

Baholaganlar

119

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing