Krishtianu Ronaldu karantin vaqtida oilasi bilan mashg‘ulot o‘tkazdi

Sport

image

Koronavirus pandemiyasi sabab joriy etilgan karantin vaqtida Turinning "Yuventus" klubi futbolchisi Krishtianu Ronaldu Portugaliyaning Funshal shahrida joylashgan "Madeira Stedium" stadionida oilasi bilan mashg‘ulot o‘tkazdi. Bu haqda "Diario de Noticias Madeira" xabar tarqatdi. 

Ma’lumot o‘rnida, koronavirus pandemiyasi dunyo bo‘ylab keng tarqalgani bois Krishtianu Ronaldu oilasi bilan o‘zi tug‘ilib o‘sgan Portugaliyaning Madeyra shahriga 9 mart kuni ko‘chib borgan edi. Ronaldu va uning oilasi ayni damda o‘z uyida karantinda saqlanmoqda. 

Bir necha kun oldin Krishtianu Ronaldu oilasi bilan karantin qoidalarini buzgan holda ko‘chada sayr qilib yurgan suratlarni ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgandi. 

Eslatib o‘tamiz, ayni damda dunyoda koronavirus yuqtirib olgan insonlar soni 1 555 073 nafarni tashkil etyapti. Shulardan 91 830 nafari ushbu kasallik qurboni bo‘ldi. 345 849 nafar inson koronavirusdan butkul sog‘aydi.

Portugaliyada koronavirus pandemiyasi yuqtirib olganlar 13 956 nafarga yetdi. Ushbu virus tufayli vafot etganlar 409 insonni tashkil etmoqda. COVID-19 virusidan forig‘ bo‘lganlar 205 nafar kishidan iborat.


Maqola muallifi

Teglar

Futbol Krishtianu Ronaldu Koronavirus

Baholaganlar

125

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing