O‘zbekistonning tashqi qarzi 20 mlrd dollarga yaqinlashdi

Jamiyat

image

2019 yilning birinchi choragiga ko‘ra, O‘zbekistonning jami tashqi qarzi miqdori 19,6 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Markaziy bank taqdim etgan hisobotda ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra, 7,9 mlrd dollar miqdoridagi qarzi xususiy tashqi qarzga tegishli bo‘lsa, 11,7 mlrd dollar davlat tashqi qarziga to‘g‘ri kelmoqda.

Umumiy tashqi qarz rezidentlarning norezidentlar oldidagi asosiy qarz va foizlarni to‘lash talab qilinadigan majburiyatlarini aks ettiradi. Umumiy tashqi qarz davlat va xususiy sektor qarzlarini o‘z ichiga oladi. Umumiy tashqi qarz tahlili shuni ko‘rsatdiki, 2013-2016 yillar davomida qarzdorlikning o‘sishi har ikkala sektorda kuzatilgan.

Biroq, Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, 2017-2018 yillarda xususiy sektor tashqi qarzining kamayishi kuzatildi.

2019 yilning I choragida xususiy sektor tashqi qarzi asosan tijorat banklari tomonidan qarz olishning ko‘payishi hisobiga yana o‘sishni boshladi.

2019 yilning I choragi davomida davlat sektori tashqi qarzi 2018 yilda kuzatilgani kabi o‘sish sur’atini saqlab qoldi hamda ushbu o‘sish sur’atining joriy tendensiyasi yil oxirigacha saqlanib qolishi kutilyapti. Ushbu jarayon hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlarini moliyalashtirish uchun yangi qarzdorliklarni jalb qilinishi bilan izohlanishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Markaziy bank Tashqi qarz

Baholaganlar

61

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing