Buxoroda ota 6 yashar qizining davolanishi uchun ajratilgan pullarni “yeb yubordi”

3-sahifa

image

Buxoroda ota 6 yashar xasta qizining davolanishi uchun ajratilgan pullarni o‘zlashtirdi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.

Qayd etilishicha, ombudsman kotibiyatiga Buxoro viloyati Romitan tumanida yashovchi Sh.M. (ayol kishi) dan murojaat kelib tushgan. 

Murojaatda ayol 2018 yilda tug‘ilgan qizi M.M. Respublika bolalar onkologiya va gematologiyasi markazida davolanayotganligini va unga "o‘tkir leykoz" tashxisi qo‘yilganligini, bolaning otasi T.J. qizni davolatishdan bosh tortib, moddiy ta’minot bermaganligini, aksincha ota bolaning davolanishi uchun "Saxovat va ko‘mak" jamg‘armasidan ajratilgan pulni o‘zlashtirganligini bildirgan.

Bundan tashqari, Sh.M. ota farzandi va unga ruhiy tazyiq o‘tkazayotganligi, bu esa bolaning ruhiyatiga salbiy ta’sir qilganligini bildirib, uni va farzandini otasining tazyiqlaridan himoya qilishda yordam so‘ragan.

"Bolalar ombudsmanining Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Ichki ishlar vazirligiga kiritgan so‘roviga asosan mazkur holat G‘ijduvon tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi hamda tuman IIB tomonidan o‘rganildi. O‘rganish natijasida fuqaro Sh.M. va voyaga yetmagan M.M.ga 1 oy muddatga himoya orderi rasmiylashtirilib, otaning ruhiy zo‘ravonlik harakatlariga chek qo‘yildi", deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro Bolalar ombudsmani

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made