Buxoroda firibgar vrach qo‘lga tushdi

3-sahifa

image

Buxoro viloyatining Jondor tumanida fuqaroning ishonchiga kirib, firibgarlik jinoyatini sodir etgan Tibbiyot birlashmasi rentgenolog vrachi qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

Qayd etilishicha, shifokor bemorni aldab, ishonchini suiiste’mol qilib, vakolatli tanishlari orqali nogironlik nafaqasiga chiqishda kerakli bo‘ladigan hujjatlarni tayyorlab berishni va’da qilgan va undan 200 AQSH dollari so‘ragan.

2024 yil 25 aprel kuni Buxoro viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Jinoyat qidiruv boshqarmasi hamda Jondor tuman Ichki ishlar bo‘limi xodimlarining boshqa huquq-tartibot organlari xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirlari davomida ushbu shaxs Tibbiyot birlashmasiga qarashli poliklinikaning ma’muriy binosida talab qilingan pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan gumonlanuvchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda pul evaziga Kanadaga jo‘natishni va’da qilgan firibgar ushlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro IIB firibgar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing