Bugun O‘zbekiston Superligasining 6-turiga start beriladi

Sport

image

Bugun, 26 aprel kuni O‘zbekiston Superligasining 6-turidan o‘rin olgan dastlabki uchta o‘yin o‘tkaziladi.

Dastlab, oldingi beshta turda 7 ochko to‘plagan ikki klub o‘rtasidagi bahs o‘tkaziladi. Samarqandning “Dinamo” jamoasi o‘z maydonida Namanganning “Navbahor” jamoasini qabul qiladi. O‘yin mahalliy vaqt bilan 17:30da boshlanadi. 

E’tiborlisi, har ikki jamoa ham 5ta turda 5tadan gol o‘tkazib yubordi. “Dinamo” bu mavsumda Samarqandda umuman mag‘lub bo‘lgani yo‘q: 2 g‘alaba va 1 durang.

Qolgan ikkita uchrashuv bir vaqtda start oladi – 17:35da. Buxorodagi “Markaziy” o‘yingohida oxirgi uchta turda faqat g‘alaba qozongan “Bunyodkor” “Buxoro” mehmoni bo‘ladi. 

Qarshida esa, “Nasaf” “AGMK”ni mehmon qiladi. Hozirda har ikkala jamoa ham musobaqada o‘zlaridan kutilgan natijani ko‘rsata olmayapti. 


Maqola muallifi

Teglar

Cuperliga

Baholaganlar

9

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing