Bugun “Navbahor” stadionida yangi mavsumning ochilishi bo‘lib o‘tadi

Sport

image

“Navbahor” klubi o‘zining uy uchrashuvlarini o‘tkazuvchi "Markaziy" stadioni maysasi O‘zPFL talablari darajasiga keltirildi. Undagi ilk rasmiy uchrashuvni yuz minglab futbol muxlislari intizorlik bilan kutishmoqda. Bugun 4 may kuni “Navbahor” mana shu stadionda Jizzaxning “So‘g‘diyona” klubini qabul qiladi. 
 
Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, stadion maysasi hozirda ajoyib holatga keltirilgan.

Shuningdek, o‘yindan oldin stadiondagi klub do‘koni futbol ishqibozlariga o‘z mahsulotlarini taqdim qiladi. Uchrashuvdan oldin el sevgan san’atkorlar stadionga yig‘ilgan muxlislarga o‘z kuy-qo‘shiqlarini taqdim qilishadi.

Coca Cola Superligasining 7-turidan joy olgan uchrashuv ochilish marosimi soat 19:00 da boshlanadi. Stadionning ochilish marosimida O‘FA birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov ishtirok etadi.
 
Avvalroq O‘FA birinchi vitse-prezidenti Andijondagi “Sog‘lom avlod”ning qayta ochilishida ham ishtirok etgandi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Cuperliga

Baholaganlar

14

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing