Yaponiya sayyohlarga kuniga 185 dollargacha pul to‘lashini ma’lum qildi

Olam

image

Yaponiya hukumati xorijlik sayohatchilarni mamlakatga jalb qilish uchun kuniga 185 dollargacha bo‘lgan sayyohlar uchun vaucher dasturini ishlab chiqdi. Bu haqda "Kyodo News" nashri xabar beradi.

Qayd etilishicha, ushbu dasturga 12,5 milliard dollar ajratildi. taklif qilinayotgan kunlik summa turistlarning Yaponiyada bo‘lgan vaqtidagi xarajatlarining yarmini qoplaydi. Vaucherlardan yaqin atrofdagi do‘kon va restoranlarda foydalanish mumkin bo‘ladi. Biroq, safar xarajatlari qoplanmaydi.

Tashabbus iyul oyi oxirida kuchga kirishi kutilmoqda. Vaucherlarni olish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki yapon sayyohlik agentliklari yordamida Yaponiyadagi mehmonxonani bron qilishingiz kerak.

Shuningdek, Yaponiya Bosh vaziri Shinzo Abe mamlakatda koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq ko‘rilgan choralar miqdori 2,15 trln. dollar tashkil etishini ma’lum qildi.

“Yalpi ichki mahsulotning 40 foizini tashkil etadigan chora-tadbirlar tufayli biz Yaponiya iqtisodiyotini har 100 yilda bir marta sodir bo‘ladigan inqirozdan himoya qilamiz“, deydi Abe.

Avvalroq, Yaponiya kosmik harbiy kuchlarni tashkil qilgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Yaponiya Turizm

Baholaganlar

85

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing