Eri uradigan ayollar uchun “ishonch telefoni” xizmati ishga tushirildi

Jamiyat

image

Joriy yilning 10 aprel kunidan xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish maqsadida, ular uchun “ishonch telefoni” xizmati ishga tushirildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ saytiga O‘zbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta’minlash komissiyasi xodimi xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, shu kunlarda dunyo mamlakatlarida oilaviy nizolar va ajrimlar soni ko‘payishi tendensiyasi kuzatilmoqda. Karantin davri esa ko‘plab oilalar uchun jiddiy sinov payti bo‘lmoqda.

Bunday vaziyatda xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta’minlash komissiyasi tomonidan BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA), Fuqarolik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash markazi bilan hamkorlikda 2020 yilning 10 aprelidan “ishonch telefoni” xizmati yo‘lga qo‘yildi.

“Endilikda opa-singillarimiz “Ishonch telefoni” operatoridan oilada huquqbuzarlikning oldini olish masalalari bo‘yicha bepul maslahat olishlari mumkin bo‘ladi”, deyiladi xabarda. Shuningdek, quyidagi raqamlar orqali bepul huquqshunos va ruhshunos maslahatlari ham beriladi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, mazkur “Ishonch telefoni” xizmati uch oy davomida faoliyat ko‘rsatadi.

Ishonch telefoni operatori: +99897 137 24 24
Huquqshunos: +99897 137 26 26
Ruhshunos:  +998 97 137 27 27

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiyasi qoshida Nodavlat-notijorat tashkilotlari birlashmasi tuzilgan. Bu orqali pandemiya davrida aholining zaif qatlamlari, ayniqsa, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga har tomonlama ko‘mak berish maqsad qilingan. 

O‘zbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiyasi jamoat tuzilmalarini ham Nodavlat-notijorat tashkilotlari birlashmasiga a’zo bo‘lishga chaqirmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Karantin

Baholaganlar

466

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing