Volkswagen Bugatti brendini sotishni rejalashtiryapti

Texnologiya

image

Germaniyaning Volkswagen AG konserni o‘zining Bugatti sport avtomobili brendini Xorvatiyaning Rimac Automobili kompaniyasiga sotish imkoniyatlarini ko‘rib chiqyapti. Volkswagen aksiyalari joriy yil boshidan buyon 15,9 foizga pasaygan. Bu haqda "The Wall Street Journal" xabar berdi. 

Ta’kidlanishicha, bitimni muhokama qilish allaqachon dastlabki bosqichda turgan bo‘lsa-da, uning amalga oshishi hali noma’lum. 

Rimac elektr transport vositalari va gibridlar uchun yuqori texnologiyali komponentlar ishlab chiqaradi. Uning mijozlari orasida Rimac'ning 15,5 foiziga egalik qiluvchi Volkswagen Porsche, Aston Martin, Pininfarina va Koenigsegg bor.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 18 sentyabr kuni Volkswagen Shimoliy Amerika bozori uchun yangi krossover chiqarishi haqida xabar berilgan edi. Yangilikka Nyu-Meksiko shtatidagi qadimgi hindu aholisi bilan mashhur bo‘lgan shahar sharafiga Taos deya nom berilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

107

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing