Bugun koronavirusdan sog‘ayganlar 100 nafarga yetdi

Jamiyat

image

Bugun, 28 aprel kuni Andijon viloyatida 27 nafar, Surxondaryo viloyatida 7 nafar, jami 34 nafar bemor butkul sog‘aydi. Ular viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Endilikda darddan forig‘ bo‘lganlar Andijonda 88 nafarni, Surxondaryoda esa 18 nafarni tashkil qilmoqda.

Shunday qilib, bugunning o‘zida 100 nafar bemor tuzalib, ayni paytda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 992 nafarga yetdi.

Avvalroq, Farg‘ona, Qashqadaryo, Buxoro viloyatlari hamda Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar sog‘aygani haqida xabar bergan edik.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Bugungacha koronavirus infeksiyasi yuqtirganlar 1939 nafarni tashkil qilmoqda. Bemorlarning bemorlarning 8 nafari vafot etgan.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

118

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing