Tokio Olimpiadasi 2021 yilda ham bo‘lmasligi mumkin

Sport

image

Tokio Olimpiya o‘yinlari 2021 yil ham o‘tkazilmasligi mumkin. Agar 2021 yilgacha koronavirus pandemiyasi jilovlanmasa shu qarorga kelinishiga majbur bo‘linadi. Bu haqda musobaqaning tashkiliy qo‘mitasi raisi Yoshiro Mori ma’lum qildi.

“Bunday holda, o‘yinlar bekor qilinadi. Ilgari Olimpiada o‘yinlari faqat urush tufayli bekor qilingan edi, ammo bu safar biz ko‘rinmas dushman bilan kurashmoqdamiz“, deydi Mori.

Uning fikricha, o‘yinlarda pandemiya ustidan qozonilgan g‘alabani nishonlashi kerak, shunda ular ahamiyatli bo‘ladi. Shundagina o‘yinlar sportchi va tomoshabinlarga tatiydi.

Eslatib o‘tamiz, 24 mart kuni, Tokioda bo‘lib o‘tadigan 2020 yilgi Olimpiya o‘yinlari koronavirus pandemiyasi davrida bir yilga qoldirilganligi ma’lum bo‘ldi. Musobaqa boshlanishini kechiktirish g‘oyasi Yaponiya hukumatiga tegishli. 26 mart kuni tashkilotchilar musobaqani o‘tkazish uchun qancha pul to‘lashi haqida ma’lumot berdi. Yo‘qotishlar 2,7 milliard dollarga baholandi.


Maqola muallifi

Teglar

Tokio Olimpiadasi

Baholaganlar

67

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing