“Real” Beyl, Xames va Iskoni bir futbolchiga almashmoqchi

Sport

image

Madridning “Real” klubi rahbariyati “Manchester Yunayted” klubi yarim himoyachisi Pol Pogbani jamoaga qo‘shib olish uchun uch nafar futbolchisini uning o‘rniga berib yuborishga tayyor.

“Galaktikos” rahbarlari qiziqarli bu taklif “qizil iblislar” rahbariyatiga yoqishiga umid qilmoqda. Madridliklar 26 yoshli fransuz uchun Garet Beyl, Xames Rodriges va Iskoni qo‘shib bermoqchi. 

Ma’lum bo‘lishicha, ayni paytda Pogbaning transferi uchun MYU 180 mln yevro talab qilyapti. “Real” ham bu uch futbolchini aynan shuncha mablag‘ga baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz, yuqoridagi madridliklarning uch futbolchisiga italyan klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda. Isko va Beylni “Inter” sotib olishga urinayotgan bo‘lsa, Xamesga “Napoli” xaridor bo‘lib turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Manchester Yunayted Pol' Pogba

Baholaganlar

40

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing