Bayden plyajda oilaviy dam oldi (video)

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSH Prezidenti Jo Bayden rafiqasi Jill va nabirasi Finnegan bilan birga Delaverdagi uyi yaqinidagi plyajga dam oldi. Bu haqda “Daily Mail” xabar berdi.

Gazetaning yozishicha, ko‘pchilik dam oluvchilar sohilga kelgan Bayden va uning oilasiga hamda maxfiy xizmat xodimlariga e’tibor bermagan.

Ma’lum qilinishicha, Prezident yonidan joy olishga qaror qilgan barcha shahar aholisi metall detektorlar yordamida tintuv qilingan.

Baydenlar oilasi plyajda bir necha soat vaqt o‘tkazib, shundan so‘ng uylariga ketgan.

"Bayden 353 kunni ta’tilda o‘tkazdi – bu uning prezidentlik lavozimini egallagan vaqtining 39,2 foizini tashkil etadi", deb yozgan davlat rahbarining siyosiy raqiblari.

Ma’lumot uchun, AQSH Prezidenti Jo Bayden tez-tez ta’tilga chiqadi. U chet el davlatlaridan ko‘ra, ko‘proq shtatlardagi dam olish joylariga boradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Checheniston rahbari Ramzan Qodirov ta’tilga chiqqandi.


Maqola muallifi

Teglar

ta'til Jo Bayden

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing