“Barselona” “Yuventus” bilan futbolchi almashmoqchi

Sport

image

"Barselona" yarim himoyachisi Filippe Koutino faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin. Jamoa rahbariyati o‘z futbolchisini yozda “Yuventus”ni tark etishi kutilayotgan Paulo Dibalaga almashtirmoqchi.

Kataloniya klubi braziliyalikni "Yuventus"ga berib, Turin klubidan argentinalikni tekinga qo‘lga kiritish niyatida. Ayrim xabarlarga ko‘ra, bu transfer amalga oshishi juda qiyin, chunki italiyaliklar Dibalani sotish niyatida emas.

Oldinroq, Koutinoga PSJ, "Chelsi" va "Manchester Yunayted" qiziqish bildirayotgani e’lon qilingan edi.

Braziliyalik futbolchi joriy mavsum LaLiganing 28ta uchrashuvida maydonga tushib, 5ta gol urdi va 2ta golli pas berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Filippe Koutin'o Paulo Dibala

Baholaganlar

45

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing