XOQning 2021 va 2023 yilgi Sessiyalari uchun mezbon shaharlar aniqlandi

Sport

image

Avvalroq, Shveysariyaning Lozanna shahrida Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining 134-Sessiyasi o‘z ishini boshlagani haqida ma’lum qilgan edik. Bugun, 28 iyun kuni anjuman yakunlandi. Sessiyaning so‘ngi kunida tashkilotning 2021 va 2023 yilgi Sessiyalari uchun mezbon shaharlar nomi aniqlab olindi.

Unga ko‘ra, 2021 yili bo‘lib o‘tadigan 137-Sessiyaga Gretsiyaning Afina shahri, 2023 yilgi (140-Sessiya) yig‘ilishga esa Hindistonning Mumbai shahri mezbonlik qiladigan bo‘ldi. Ma’lumot uchun, XOQ Sessiyalari kattalar va o‘smirlar o‘rtasidagi qishki hamda yozgi Olimpiadalardan avval ham o‘z ishini olib boradi. Shuningdek, har ikki yilda ham bir marotaba Sessiya ishi bo‘lib o‘tadi.

Afina Sessiyasida ko‘rib chiqiladigan aniq masalalar bo‘yicha hozircha ma’lumot yo‘q. Mumbay yig‘inida 2030 yilgi qishki Olimpiada mezboni aniqlanishi ma’lum. Nihoyasiga yetgan 134-Sessiya 2026 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlariga mezbonni aniqlash, Parij-2024 Olimpiadasiga 4 sport turining kiritilishi, AIBAning boks musobaqalaridan rasman chetlatilgani bilan tarixda qoldi.

Tashkilotning navbatdagi 135-Sessiyasi kelasi yilning fevral oyida o‘smirlar qishki Olimpiadasidan avval yana Lozanna shahrida o‘tkaziladi. Hozircha unda ko‘rib chiqiladigan asosiy masala 2024 yilgi o‘smirlar o‘rtasidagi qishki Olimpiada mezbonini aniqlash bo‘lib turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

XOQ Shveytsariya

Baholaganlar

6

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing