Koronavirus va pnevmoniya o‘rtasida qanday bog‘liqlik bor?

Salomatlik

O‘zbekistonda koronavirusga qo‘shilib, pnevmoniya ham tarqalayotgani hech kimga sir bo‘lmay qoldi. Buni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham 23 iyul kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida aytib o‘tdi.

Aholi orasida koronavirus va pnevmoniya haqida turli gap-so‘zlar tarqalgan. Ularning ba’zilari to‘g‘ri, ba’zilari esa ishonish qiyin bo‘lgan mishmish. 

Koronavirus va pnevmoniya orasida bog‘liqlik bor-yo‘qligiga “Tez yordam” ko‘rsatuvining navbatdagi sonida immunolog-infeksionist Aziza Xo‘jayeva va virusolog Ra’no Qosimova aniqlik kiritdi. 

“Pnevmoniya bo‘lganlarning hammasi ham koronavirus bo‘lmaydi. Pnevmoniya faqatgina virusli bo‘lmaydi. Har bir yuqumli kasallikning natijasida pnevmoniya bo‘lish mumkin. Koronavirusning bu pnevmoniya emas, pnevmonit. Sal boshqacharoq jarayon. Alveolalarning yallig‘lanishi, o‘zgacharoq patogenezi bor. O‘sha patogenezga nisbatan, deksometozon qilish kerak. Faqatgina rentgen natijasiga asoslanib, pnevmoniya tashxisi qo‘yilsa, oddiy bakterial pnevmoniya yoki boshqa sababi bo‘lishi mumkin”, deydi Aziza Xo‘jayeva.

“Deksometozonni ham asoslab berish kerak. Osma ukolni ham asoslab berish kerak. Uning tahlillarini o‘tkazib, kislorodning miqdorini ko‘rib, nafas olishini o‘lchab, keyin bu dorilar berilishi kerak”, deya qo‘shimcha qildi Ra’no Qosimova.


Maqola muallifi

Teglar

tez yordam

Baholaganlar

1028

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing