“Ayaks” yarim himoyachisi qaysi klubda to‘p surmoqchiligini ma’lum qildi

Sport

image

Marokash terma jamoasi va “Ayaks” yarim himoyachisi Hakim Ziyosh “Arsenal” yoki “Barselona”da to‘p surishni xohlayotganini ma’lum qildi. Ma’lum bo‘lishicha bu ikki klub futbolchining sevimli jamoalari hisoblanadi.

“Menda oldindan ikkita sevimli jamoam bor. Bular “Arsenal” va “Barselona”. Ulardan birida to‘p surish mening orzum”, deydi marokashlik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Ayaks” rahbariyati yozgi transferlar vaqtida Hakim Ziyoshning jamoadan ketishini e’lon qilgandi. Unga ayni damda “Bavariya”, “Liverpul” va “Arsenal” klublari asosiy da’vogar bo‘lib turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Arsenal Ayaks Hakim Ziyosh

Baholaganlar

46

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing