AQSH koronavirusdan ham xavfliroq – Ruhoniy

Olam

image
Eron tibbiy niqoblar masalasida juda tarang vaziyatga tushib qoldi north_east

Eron tibbiy niqoblar masalasida juda tarang vaziyatga tushib qoldi

AQSH dunyo hamjamiyati uchun yangi turdagi koronavirus pandemiyasidan ko‘ra jiddiyroq tahdiddir. Bu haqda Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniy Venesuela rahbari Nikolas Maduro bilan telefon orqali suhbatda aytib o‘tdi.

Ruhoniyning so‘zlariga ko‘ra, AQSHning Eron va Venesuelaga qarshi bir tomonlama sanksiyalari insoniyat tamoyillariga ziddir. Uning ta’kidlashicha, Eronga qarshi sanksiyalar tufayli Tehron neft savdosi, shuningdek, koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish uchun zarur bo‘lgan dori-darmon va tibbiy jihozlarni olib kirishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda.

Eron Prezidentining aytishicha, Yevropa davlatlariga qaraganda, Islom respublikasi SARS-CoV-2 koronavirus pandemiyasining oqibatlarini yengishga qodirroq. Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron Yevropa mamlakatlaridan jamiyatning barcha sohalarida hamjihatlikda, shuningdek, malakali tibbiyot xodimlarining mavjudligidan ajralib turadi.

Ma’lumot uchun, Eron ham asta-sekinlik bilan koronavirus kasalligini yengmoqda. Statistikalarga tayangan holda shuni aytish mumkinki, mamlakatda kunlik kasallanganlar soni kamayib, tuzalayotganlar soni oshib bormoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Eronda koronavirus bilan bog‘liq 73 303 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 45 983 nafari sog‘aygan, 4 585 nafari esa vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Eronda

Baholaganlar

427

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing