Eron tibbiy niqoblar masalasida juda tarang vaziyatga tushib qoldi

Olam

image

Koronavirus bilan kurashda Eron tibbiy niqoblar, o‘pkaga sun’iy havo berish apparatlari, diagnostika sinov tizimlari va boshqa zarur buyumlarga muhtojlik sezmoqda. Bu haqda Eron rasmiylari ma’lum qilgan.

“Eronning ushbu kasallikka qarshi kurashish borasidagi ehtiyojlari Tashqi ishlar vazirligi va boshqa tegishli idoralar, shu jumladan, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan e’lon qilindi. Ehtiyoj sezilayotgan narsalar o‘z ichiga tibbiy niqoblar, o‘pkaga sun’iy havo berish apparatlari, tibbiy kostyumlar, ushbu kasallikni davolash uchun samarali dori-darmonlar, diagnostika sinov tizimlari va boshqalarni oladi”, deyiladi rasmiy bayonotda.

“Ushbu mavzuning insoniy va gumanitar jihatlarini hisobga olgan holda, koronavirusga qarshi kurashda ishtirok etadigan barcha xalqlar va barcha mamlakatlar o‘z kuchlarini infeksiya tarqalishining oldini olish va uni yo‘q qilishga yo‘naltirishlari tabiiydir. Shu bilan birga, Eron koronavirus va AQSHning qattiq sanksiyalariga duch kelmoqda, ammo shunga qaramay, u xalqaro va tegishli tashkilotlar tomonidan ta’kidlangan ulkan va hayratlanarli sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqda”, deya ta’kidlanadi elchixona bayonotida.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Eronda koronavirusga 68 192 nafar odam chalindi. 35 465 bemor shifo topgan bo‘lsa, 4 232 kishi vafot etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron

Baholaganlar

128

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made