O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar ko‘payishiga pul muomalasi sabab bo‘lmayaptimi?

Jamiyat

image

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni kun sayin ortib boryapti. Bir oydan kamroq muddatdan bemorlar 1000 ga yaqinlashdi. 

Bugungacha orttirilgan tajpiba shuni ko‘rsatdiki, yangi koronavirusning yuqish yo‘llari juda ko‘p. O‘zaro muloqot orqali yuqishi yetmaganidek, buyumlar orqali ham tqarilishi mumkin. Virus tarqalishida naqd pullar ham katta ahamiyatga ega ekani aytildi. O‘zbekistonda bemorlarning ko‘payishida shu omil qanchalik rol o‘ynayati va virus pulda qancha vaqt saqlanib qoladi? Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov brifing vaqtida shu savollarga javob berdi.

“Haqiqatdan ham naqd pullarda koronavirus qo‘zg‘atuvchisi uzoq muddat (4-5 kun) saqlanib qolishi haqida isbotlovchi dalillar bor. Shu munosabat bilan, ayniqsa, naqd pul bilan bog‘liq holda faoliyat yurituvchilar, xususan, bank xodimlari, kassirlar, savdo muassasalari xodimlari naqd pul bilan ishlaganda dastlab o‘zlarini himoya qilishlari, so‘ngra mijozlarni himoya qilishlari kerak bo‘ladi. Ular himoya vositalaridan foydalangan holda, doka niqoblarni taqib, tez-tez antiseptik vositalar bilan qo‘llarini zararsizlantirib turishlari kerak.

Nafaqadagi yoshi ulug‘ fuqarolarimiz haqiqatdan xavf osti guruhiga mansub xisoblanadi. Bunday paytlarda ushbu aholi qatlamining naqd pul bilan muomala qilishlarini keskin kamaytirish kerak bo‘ladi. Hozir plastik kartochkalar bo‘yicha umuman muammo yo‘q. Demak nafaqat oylik maoshlarini, hatto nafaqa pullarini ham kartochkaga tushirib berish kerak. Plastik kartochkadan foydalanilsa, kasallik virusining bir odamdan ikkinchisiga o‘tish ehtimoli keskin kamayadi. Hozir bir plastik kartochkadan ikkinchisiga pulni o‘tkazish muammo emas. Uy sharoitida ishlatganda ham imkon qadar bitta plastikdan foydalanish maqsadga muvofiq. Plastik kartochkaga esa ishlov bersa bo‘ladi.

Hozir nafaqadagi odamlarga nafaqa pullari maxsus paketlarda tarqatilayapgani haqida eshitdik, shunday bo‘lgan taqdirda ham bu sohada ishlaydigan xodimlar ishlaydigan mutaxassislar har kuni ertlab termometriyadan o‘tkazilishi, koronavirusga hos klinik belgilarning yo‘qligiga ishonch hosil qilishlari va kun davomida o‘zlari salomatligi ustidan kuzatib borishlari, doka niqoblarda, bir marotabalik qo‘lqoplarda faoliyat olib borishlari kerak. Negaki ular ko‘p odam bilan muloqotda bo‘lishlari mumkin”, dedi Otabekov.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki fuqarolarni koronavirus infeksiyasi yuqtirib olmaslik uchun naqd pullardan kamroq foydalanishga chaqirgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtga kelib, koronavirusga chalinganlar 796 nafarga yetdi. Bugungacha kasallanganlarning 42 nafari davolangan, 4 nafari vafot etgan.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

354

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing