Prezident karantin cheklovlarini yumshatishning iqtisodiyotga ta’sirini ochiqladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda karantin choralari yumshatilishi natijasida 120 mingdan ortiq korxonalarning faoliyati tiklandi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev videselektor yig‘ilishi vaqtida aytib o‘tdi.

Prezidentning ta’kidlashicha, karantin choralarini yumshatish oqibatida 19 mingdan ziyod (91 foiz) sanoat, 9 mingta (76 foiz) qurilish, 51 mingta (52 foiz) xizmat ko‘rsatish, 45 mingta (44 foiz) savdo korxonalarining faoliyati tiklandi.

“Buning natijasida may oyida soliq va bojxona tushumlari o‘tgan oyning mos davriga nisbatan 230 milliard so‘mga, tovar-xom ashyo birjasida qurilish materiallari savdosi hajmi esa 20 foizga ko‘paydi.

Tijorat banklari tomonidan kredit ajratish hajmi o‘tgan oyning mos davriga nisbatan 13 foizga o‘sdi.

Bu boradagi ishlarimizni karantin talablariga qat’iy amal qilgan holda, ham tarmoq, ham hudud kesimida manzilli tarzda davom ettirishimiz lozim”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda karantin choralari joriy yilning 8 mayidan yumshatila boshlandi. Hududlar toifalarga ajratilib, har bir hududga ma’lum darajada erkinlik berildi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev iqtisodiyot karantin

Baholaganlar

243

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing