Avstraliyalik milliarder “Titanik”ni qayta qurmoqchi

Bu qiziq

image

Avstraliyalik milliarder va parlamentning sobiq a’zosi Klayv Palmer “Titanik”ning mukammalroq nusxasini qaytadan qurmoqchi. Bu haqda “Forbes” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, Klayv Palmer bu hafta Sidneyda matbuot anjumani o‘tkazib, “Titanik II” deb nomlangan kema qurish niyati hali o‘lmaganini, keyingi yilning boshida kemani qurishni boshlashini ma’lum qildi. “Titanik II” loyihasini avval ikki marta boshlagan va to‘xtatgan Palmer bu safargi reja har qachongidan ham real ekanini qo‘shimcha qildi.

Kema va uning to‘qqizta palubasini 3D formatda keng ko‘lamda tasvirlashdan tashqari, 835 ta kabina (birinchi toifa uchun 383, ikkinchi toifa uchun 201 va uchinchi toifa uchun 251 xona) qurish rejalashtirilgan.

“Titanik II” qurib bitkazilgandan keyin 2027 yil iyunda birinchi sayohatini amalga oshiradi. U haqiqiy “Titanik” yurgan yo‘l ya’ni Angliyaning Sautgempton shahridan AQSHning Nyu-York shahriga qadar suzib borishi rejalashtirilgan. Sayohat chiptalari narxi esa hali e’lon qilinmagan.

Nashrning yozishicha, og‘irligi 56 ming tonna bo‘lgan "Titanik II" ning qurilishi uchun 500 million dollardan 1 milliard dollargacha pul sarflanadi.

"Shunday qilib, men "Titanik"ni qayta quraman. Uyda o‘tirib, pulimni sanashdan ko‘ra, "Titanik"ni qurish ancha qiziqroq", deydi milliarder.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq mashhur “Titanik” filmi suratga olinayotganda Rouz va Jekning xayrlashuv sahnasida rekvizit vazifasini bajargan eshik auksionga qo‘yilgan, uning boshlang‘ich narxi 40 ming dollar deb belgilangandi.

Ulkanbayeva Rayhona


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

“Titanik”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar