“Real” Mbappeni transfer qilmaydigan bo‘ldi

Sport

image

Madridning “Real” klubi joriy yozda PSJ hujumchisi Klian Mbappeni transfer qila olmaydi. Bu haqda Mundo Deportivo xabar berib o‘tdi.

Ayni paytda Mbappening PSJ bilan shartnomasida 280 million yevro tovon puli ko‘rsatilgan. Bu miqdor 2020 yilga borib 200 millionga tushadi. Shu sababdan madridliklar futbolchini keyingi yil yozda xarid qilmoqchi.

Ma’lumot uchun PSJ Mbappeni o‘z safiga qo‘shib olish uchun “Monako” klubi hisobiga 180 million yevro o‘tkazib bergan edi.

Joriy mavsum futbolchi PSJ safida 35 ta o‘yinda qatnashib, 31 ta gol urdi va 15 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Real PSJ Klian Mbappe

Baholaganlar

66

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing