Portlash tufayli Qozog‘istonda to‘xtab turgan poyezdlar harakati tiklandi

Jamiyat

image

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Matbuot xizmati Qozog‘istonning Aris shahrida ro‘y bergan portlash munosabati bilan harakati vaqtincha to‘xtatilgan poyezdlarning harakati tiklangani to‘g‘risida ma’lumot berdi.

“Hurmatli yo‘lovchilar! “O‘ztemiryo‘lovchi” AJ Arisdagi stansiya orqali xalqaro yo‘nalishlarda harakatlanuvchi barcha poyezdlarning harakati tiklangani haqida ma’lum qiladi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 24 iyun kuni Qozog‘iston janubidagi Aris shahrida joylashgan harbiy qismdagi omborxonada portlashlar ro‘y berishi munosabati bilan “Qazaqstan temir joli” milliy kompaniyasi AJ tomonidan harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida ayrim yo‘lovchi poyezdlar harakati vaqtincha to‘xtatilgandi.

Ma’lumot uchun kecha, 26 iyun kuni Qozog‘istonda to‘xtab qolgan uchta poyezd yo‘lovchilari Toshkentga avtobusda olib kelingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston temir yo'llari Aris

Baholaganlar

5

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing