Koronavirus haqidagi vahimadan qanday qutilish mumkin?

Jamiyat

image

Karantin vaqtida istaladimi yoki yo‘q ehtiyojlar uchun do‘konga, dorixonaga va shunga o‘xshash joylarga chiqishga to‘g‘ri keladi. Ana shunday holatlarda har qanday odamdan kasallikni yuqtirib olish va uydagilarga yuqtirib qo‘yish mumkinligi to‘g‘risida fikr (vahima, qo‘rquv) paydo bo‘lishi tabiiy. Mana shunday holatlarda odam o‘zini qanday tutishi, kimga murojaat qilish kerak?

Ushbu masalaga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov o‘z tavsiyasini bildirib o‘tdi.

“Karantin paytida ehtiyoj tufayli do‘kon yoki dorixonaga chiqishga to‘g‘ri kelsa, qaytib kelgach bolalaringiz bilan ko‘rishish, erkalatish va gaplashishdan oldin qo‘ldingizni yaxshilab sovun bilan yuving. Bundan tashqari, og‘zingiz va burningizni suv bilan bir necha marotaba chaying, imkon bo‘lsa antiseptik vositalar bilan qo‘lingizga ishlov bering. Bilingki, qo‘rquv, vahima va hadik ham — kasallanishdan saqlaydigan ma’naviy immunitetlardan biri hisoblanadi”, dedi mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlarning 25 nafari davolandi, 2 nafari vafot etdi.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

78

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing