Navoiy va Samarqandda “Ipoteka-bank” filiali xodimlari koronavirusga chalingani rostmi?

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda “Ipoteka-bank” ATIBning Navoiy va Samarqand filiallarida xodimlarning koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha holatlar aniqlanganligi bo‘yicha xabarlar tarqaldi.

“Ipoteka-bank” bu xabarlar asossiz ekani va bank filialida bunday holatlar kuzatilmaganini ma’lum qildi.

“Bank to‘g‘risida asoslanmagan ma’lumotlar tarqatayotgan kanallar haqida tegishli huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilishga majbur bo‘lamiz”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, “Ipoteka-bank”ning bosh ofisida ishlovchi xodimda koronavirus infeksiyasi aniqlangandi. Shundan so‘ng bosh ofisda ishlovchi barcha xodimlar koronavirusga test topshirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ipoteka-bank Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

193

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing