Qozog‘istonlik qizlar Bahraynda jinsiy qullikdan ozod etildi

Olam

image

Bahrayn politsiyasi tomonidan Manamada 21 nafar Qozog‘iston fuqarosi jinsiy qullikdan ozod qilindi. Bu xaqda kecha, 10 fevral kuni Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, qozog‘istonlik qizlar Bahrayndagi mehmonxonada ishlashga taklif qilingan. Qizlar Manamaga kelishgandan so‘ng, ish beruvchi pasportlarini olib, ularni jinsiy xizmat bilan shug‘ullanishga majbur qilgan.

Politsiya ushbu ishda gumon qilingan barcha shaxslarni, shu jumladan Qozog‘iston fuqarolarini ham hibsga oldi. Odam savdosidan jabrlanganlar reabilitatsiya markaziga joylashtirilgan.

Avvalroq, Toshkent viloyatida odam savdosi bilan shug‘ullangan ayol qo‘lga olingani haqida xabar bergan edik. Ayblanuvchi bir necha ayollarni fohishalik bilan shug‘ullanish uchun Qozog‘istonga jo‘natayotgan vaqtda qo‘lga olingan.

Nurulloh Sharipov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

219

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing