AQSHda koronavirus sabab o‘n kun ichida bir ayol va uning uch o‘g‘li vafot etdi

Olam

image

AQSHning Yangi Orlean shahrida yashovchi ayol va uning uch o‘g‘li o‘n kun ichida koronavirus sabab vafot etdi. Bu haqda “The Mirror” nashri xabar bermoqda.

86 yoshli Antuanett Franklin va uning uch o‘g‘li, 71 yoshli Xerman Franklin, 58 yoshli Entoni Franklin va 61 yoshli Timoti Franklin joriy yilning 20 martdan 30 martgacha bo‘lgan oraliqda vafot etdi.

“Dunyo shu narsani bilishini hohlardimki, bu hodisa Franklinlar oilasida bo‘lgani kabi, boshqa oilalarda ham bo‘lishi mumkin. Bu kasallikni jiddiy qabul qilaylik. Farzandlarim otalarini, suyukli buvisi va ikkita amakisini dafn qilishlari kerak”, deydi Entoni Franklinning rafiqasi.

Ma’lum qilinishicha, oxirgi ikki kun davomida AQSHda rekord miqdorda odam koronavirusdan vafot etmoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQSHda koronavirus bilan kasallanganlar 435 160 nafarni tashkil qilmoqda. Kasallanganlarning 22 891 nafari sog‘aygan, 14 797 nafari esa vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Koronavirus

Baholaganlar

270

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing