Sauna va mehmonxonalarda reyd o‘tkazildi. 258 nafar yengil tabiatli ayollar aniqlandi

Jamiyat

image

Joriy yilning 26-30 mart kunlari O‘zbekistonda “Stop-trafik” tadbirlari bo‘lib o‘tdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi bazasida huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlaridan iborat muvofiqlashtiruvchi ishchi guruh tashkil etilib, odam savdosi bilan bog‘liq transchegaraviy va transmilliy guruhlarning jinoiy faoliyatini oldini olish va fosh etish, ushbu yo‘nalishda qidiruvda bo‘lgan shaxslarni aniqlash, qo‘lga olish va profilaktik tadbirlari o‘tkazildi

“Stop-trafik” tadbirlari davomida bir qator jinsiy ekspluatatsiya, chaqaloq savdosi, fohishaxona saqlash va qo‘shmachilik qilish kabi jinoyatlar aniqlanib, tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xabar bermoqda. 

Xususan, tungi klublar, sauna va mehmonxonalarda tashkil etilgan 2861 ta reydlar doirasida 258 nafar yengil tabiatli ayollar aniqlanib, ular bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilgan. Huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha 87 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy choralar qo‘llanilgan.

Shuningdek, mazkur tadbirlar davomida respublikamiz barcha viloyatlari, ya’ni chegara hududlari, aeroport, ta’lim muassasalari, mahallalar va turistik firmalarda 6417 marotaba targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilib, 6259 nafar shaxslar bilan individual tarzda profilaktik suhbatlar o‘tkazilgan. 

Bundan tashqari, Toshkent shahrining Bektemir, Yunusobod va Shayxontoxur tumanlarida joylashgan bir martalik ish bilan ta’minlash markazlari, Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroporti hamda “G‘ishtko‘prik” chegara maskanida 3740 nafar shaxslar bilan odam savdosi va noqonuniy mehnat migratsiyasi sohasidagi savodxonlikni oshirishga qaratilgan tadbirlar o‘tkazilib, ichki ishlar organlari xodimlari va “Istiqbolli avlod” nodavlat notijorat tashkiloti vakillari tomonidan bosma targ‘ibot materiallari tarqatilgan. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Fohishalar Stop-trafik

Baholaganlar

239

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing