Tamagir hamshira qo‘lga olindi

Jamiyat

image

Andijon viloyati Marhamat tumani tibbiyot birlashmasi hamshirasi 300 AQSH dollarini pora sifatida olayotganda ushlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, tibbiyot birlashmasiga qarashli diagnostika bo‘limi hamshirasi Baxtiniso Abloqulova tanishi orqali fuqaroni ishga joylashtirib qo‘yish evaziga 300 AQSH dollari talab qilgan. Porani olayotgan paytda huquq-tartibot xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

Hamshirani noo‘rin xatti-harakatidan boshqa hamkasblari ham xulosa chiqarishlari uchun sud majlisi aynan tibbiyot birlashmasining o‘zida o‘tkazildi. 

Qayd etish kerak, Andijon viloyatida hamshiralar tomonidan tamagirlik qilish, o‘zgalar ishonchini qozonish orqali mol-mulkini o‘zlashtirish kabi holatlar birinchi marta sodir etilayotgani yo‘q.

Sud hukmiga binoan Baxtiniso Abloqulova o‘zganing ishonchini suiiste’mol qilib, mulkiy naf ko‘rish niyatida bo‘lganlikda ayblandi. Endi u 1 yil muddatga moddiy manfaatdorligi bor vazifalarda ishlash huquqidan mahrum qilinib, oylik ish haqining 15 foizini davlat daromadiga ushlab qolish sharti bilan 1 yil 6 oy muddatga ahloq tuzatish ishlari jazosiga mahkum etildi.


Maqola muallifi

Teglar

jinoyat

Baholaganlar

84

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing