AQSH Saudiya armiyasi uchun 1 mlrd dollar ajratadi

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari Saudiya armiyasining jangovar tayyorgarligi uchun 1 milliard dollar ajratadi. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.

AQSH Davlat departamenti Saudiya Arabistonining harbiy tayyorgarligi uchun 1 milliard dollar ajratishga ruxsat berdi, bu esa “qirollik havo kuchlari va boshqa armiya bo‘linmalari uchun harbiy texnikalar xarid qilish, askarlarining professional harbiy ta’lim olishi”ga sarflanadi.

Vashington Saudiya Arabistoniga hujum qurollarini sotishga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilishni ko‘rib chiqmoqda. 

“Bloomberg”ning yozishicha, hozirgacha Bayden “The Washington Post” jurnalisti Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishi va tinch aholi orasida qurbonlar bo‘lishi mumkinligi haqidagi xavotirlarini bir chetga surib, qurol cheklovlarini yumshatishi haqida ma’lum qilmagan. 

“Dasturni davom ettirishda Bayden ma’muriyati ba’zi hujumkor qurollar berish taqiqini inobatga oladi", deyiladi agentlik xabarida.

Ma’lumot uchun, Saudiya Arabistonida boshqa arab davlatlari kabi Amerika harbiy bazalari mavjud. Saudiya Arabistonining harbiy byudjeti 75 milliard dollarni tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Bloomberg Saudiya Arabiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing