AQSH kiberhujumlar tufayli Eronga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi

Olam

image

AQSH Eronga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi. Bu haqda kecha, 23 aprel kuni Moliya vazirligi bayonot berdi. 

Ma’lum qilinishicha, to‘rt nafar jismoniy shaxs va ikki kompaniya Eron harbiylari nomidan “yomon niyatli kiberfaoliyat bilan shug‘ullangani” uchun sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan.

“Kiberhujumlar Amerikaning o‘ndan ortiq kompaniyalari va rasmiylariga qarshi qaratilgan bo‘lib, Eron inqilobi qo‘riqchilari korpusi kiberqo‘mondonligi buyrug‘i bilan amalga oshirilgan”, deya ta’kidlaydi AQSH Moliya vazirligi.

To‘rt eronlik esa sanksiyalardan tashqari, AQSH Adliya vazirligi va Federal qidiruv byurosi tomonidan Amerika tashkilotlariga qarshi qaratilgan zararli kiberfaoliyatlarda rasman ayblangan. 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta AQSH va Buyuk Britaniya Isroilga havo hujumiga javoban Tehronga qarshi keng qamrovli yangi sanksiyalar kiritgandi. Eronning dron va raketa ishlab chiqarish dasturi, Tehrondagi Mudofaa vazirligi va Eron inqilobi qo‘riqchilari korpusi sanksiyaga uchradi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Eron sanktsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing