JST direktori Toshkentga kelyapti. A’zolikkacha necha qadam qoldi?

Jamiyat

image
YeOII yoki JST: O‘zbekiston qay biriga a’zo bo‘ladi? north_east

YeOII yoki JST: O‘zbekiston qay biriga a’zo bo‘ladi?

O‘zbekistonning Jenevadagi BMT vakolatxonasi va boshqa xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov Jahon savdo tashkiloti Bosh direktori Roberto Azevedu bilan uchrashdi. 

Lapasov JST bosh direktorini joriy yilning 5-6 mart kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Toshkent xalqaro invetitsiya forumi hamda xorijiy sarmoyadorlar kengashining yig‘ilishiga taklif qilgan.  

Suhbat davomida Toshkent xalqaro investitsiya forumining maqsadlari va dasturi, shuningdek, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar va tashqi savdoni liberallashtirish chora-tadbirlari muhokama qilingan. Uning samaradorligi xalqaro hamjamiyat tomonidan yuqori baholanayotgani qayd etilgan. 

Tomonlar O‘zbekistonning JSTga kirishi doirasidagi ikki tomonlama hamkorlikning kun tartibidagi masalalarni, shu jumladan yaqin kelajakda O‘zbekistonning ushbu tashkilotga kirish bo‘yicha ishchi guruhining 4-yig‘ilishini o‘tkazishni ko‘rib chiqqanlar. 

Roberto Azevedu O‘zbekistondagi davom etayotgan liberallashtirish jarayonlari va iqtisodiy o‘zgarishlarni olqishlagan. JST mamlakatga kirish jarayonida zarur hujjatlarni tayyorlash, o‘zbekistonlik mutaxassislar va mutaxassislarning tematik seminar va kurslarda ishtirokini kengaytirish, shuningdek tomonlarning kelishuviga binoan Ishchi guruh yig‘ilishlarini o‘tkazish orqali zarur yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 24 yanvar kuni Oliy Majlis palatalariga yo‘llagan murojaatnomasida mamlakatning JSTga qo‘shilishi g‘oyat muhim masala ekanini ta’kidlagan edi. Prezidentning joriy yilning 3 fevral kuni AQSH davlat kotibi Makl Pompeo bilan kechgan uchrashuvida esa AQSH O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga kirish jarayonini jadallashtirishga har tomonlama ko‘maklashishi ta’kidlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Jahon savdo tashkiloti Roberto Azevedu

Baholaganlar

95

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing