Sa’dullayev: “Loyihalar fabrikasi”da doimiy ishlaydigan yoshlarga 10 mln so‘m oylik to‘lanadi"

Jamiyat

image

Farg‘onada yoshlar “Loyihalar fabrikasi”ga jalb qilinadi va unda doimiy faoliyat yurituvchilarga 10 mln so‘mdan maosh to‘lanadi. Bu haqda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi raisi Alisher Sa’dullayev Xalqaro press-klubning Farg‘onada amalga oshirilayotgan iqtisodiy, ijtimoiy o‘zgarishlarga bag‘ishlangan sayyor sessiyasida  ma’lum qildi.

“Farg‘onalik yoshlarni “Loyihalar fabrikasi”ga jalb qilish, tashabbuskor yoshlarni viloyat hududlari rivojlanishida ishtirokini oshirish maqsadida taklif va dasturlar ishlab chiqildi.

O‘zini “Loyihalar fabrikasi”da doimiy faoliyat yuritishga bag‘ishlagan yoshlarga 10 mln so‘mdan oylik beriladigan bo‘ldi. Qo‘shimchasiga o‘sha yoshga o‘z loyihasi amalga oshadigan bo‘lsa, undan ham ma’lum bir foiz ajratib beriladigan bo‘ldi. Davlat rahbari tomonidan shijoatli yoshlarni mahalliy korxonalarga amaliyotlarga yuborish taklif qilindi. Ehtiyoj bo‘lsa xorijiy kompaniyalarga tajriba almashishga yuborish rejalashtirilgan.

Agar Farg‘ona viloyatida qaysi tumanda qaysi loyihani amalga oshirish bo‘yicha g‘oyalari, fikrlari bo‘lsa yoshlar murojaati botiga murojaat qilishlari mumkin. Biz ularni qo‘llab-quvvatlaymiz va ular bilan ishlaymiz”, dedi Ittifoq raisi Sa’dullayev.

Avvalroq, Farg‘onada kambag‘allikni qisqartirish uchun Xitoy tajribasi asosida “Temir daftar” yuritilishi haqida xabar bergan edik.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona tajribasi asosida "loyihalar fabrikasi"ni keng rivojlantirish, IT markazlarda o‘quv kurslari tashkil etib, yiliga 262 mingdan ziyod yoshlar o‘qitish muhimligini ta’kidlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Loyihalar fabrikasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar