Afg‘oniston hududi bundan buyon O‘zbekiston uchun xavf tug‘dirmaydi – Amirxon Muttaqi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Afg‘oniston hududi bundan buyon O‘zbekiston va mintaqaning boshqa davlatlari uchun xavf tug‘dirmaydi. Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri v.b. Amirxon Muttaqi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov bilan uchrashuvda bunga kafolat berdi.

Uchrashuvda Afg‘oniston delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Afg‘oniston bo‘yicha Xalqaro konferensiya o‘tkazish tashabbusi o‘z vaqtida va zarur ekanligi, bo‘lajak tadbir jahon hamjamiyatiga Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha batafsil ma’lumot olish imkonini berishini ta’kidladi.

Shuningdek, Afg‘oniston mamlakatning eng yaqin, ishonchli sherigi ekani va shunday bo‘lib qolishi alohida ta’kidlandi.

O‘z navbatida Amirxon Muttaqi Afg‘oniston hududi bundan buyon O‘zbekiston va mintaqaning boshqa davlatlari uchun xavf tug‘dirmasligini bildirdi.

Afg‘oniston delegatsiyasi rahbari O‘zbekiston tomoniga Afg‘onistonga Termiz shahridagi ko‘p funksiyali transport-logistika xabi, shuningdek, energetika va infratuzilma loyihalarini amalga oshirish orqali ko‘rsatilayotgan insonparvarlik yordami uchun samimiy minnatdorlik bildirgan.

Vladimir Norov afg‘on tomonini xalqaro hamjamiyatning asosiy talablarini tez fursatlarda bajarish, jumladan, keng vakillikka asoslangan hukumat tuzish, ayollar va milliy ozchiliklar huquqlariga rioya etish, qizlarning to‘laqonli maktab ta’limi bilan ta’minlash bo‘yicha samarali choralar ko‘rishga chaqirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Tolibon O'zbekiston-Afg'oniston

Baholaganlar

295

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made