“Aeroflot” samolyoti favqulodda Toshkentga qo‘ndi

Jamiyat

image

Bugun, 27 fevral kuni “Aeroflot” aviakompaniyasining Moskva-Bangkok yo‘nalishida parvoz qilayotgan Boeing 777-312 samolyoti majburan Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘ndi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Samolyotning majburan qo‘nishiga Hindiston va Pokiston Harbiy havo kuchlari o‘rtasidagi mojaro sabab bo‘lgan.

“Moskva-Bangkok yo‘nalishida SU6275 reys bilan uchayotgan samolyot Pokiston havo hududining barcha xalqaro parvozlar uchun yopilishi sababli Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘ndi”, degan aeroport xodimi.

Avvalroq, Pokiston Harbiy havo kuchlari mamlakat hududiga kirgan Hindiston HHKning ikkita qiruvchi samolyotini urib tushirgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston-Pokiston Aeroflot

Baholaganlar

111

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing