Moskvadan uchgan samolyot Urganchga qo‘na olmadi
Jamiyat
−
07 dekabr 2021
15290“Aeroflot”ning Moskva-Urganch yo‘nalishida uchgan samolyoti quyuq tuman tufayli aeroportga qo‘na olmay, Nukusdagi muqobil aeroportga qo‘ndi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
“Aeroflot”ning SU1976 Moskva-Urganch reysi belgilangan aeroportga qo‘na olmadi. Urganchda quyuq tuman bor, gorizontal ko‘rinish 100 metrni tashkil etadi”, deyiladi xabarda.
Uning aniqlik kiritishicha, noqulay ob-havo tufayli samolyot Nukus aeroportiga yo‘naltirilgan va soat 8:45 da normal rejimda qo‘ngan. Hozirda bortida yo‘lovchilar bo‘lgan layner Urganchga jo‘nab ketishini kutmoqda.
LiveBarchasi