Yangi Lacetti`ning bo‘yog‘i ko‘chib ketdi. “UZAUTOMOTORS” aybni xaridorga to‘nkadi

Jamiyat

image

“UZAUTOMOTORS” AJ avtomobillari narxi atrofida keng bahslar davom etayotgan bir vaqtda, mahsulotlar sifatiga borasida ham muammolar ko‘rina boshladi.

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi ma’lumotiga ko‘ra, toshkentlik fuqaroning avtosalondan xarid iilgan yangi Lacetti avtomobili olti oydan so‘ng 30-40 yil xizmat qilgan ulovga o‘xshab qolgan. Agentlik xaridorning huquqi buzilganini aytmoqda.

Unga ko‘ra, iste’molchi Z.A. xarid qilgan Lacetti`ning lak bo‘yoqlari har yeridan ko‘chib tusha boshlagan. Avval tom qismi, oldi kapoti, keyinchalik boshqa ustki qismlarida ham shunday bo‘lgan.

Agentlik xabariga ko‘ra, mashina xuddi 30-40 yil xizmat qilgandek holatga kelib qolgan. Avtosalon esa jiddiy nuqsonga ega Lacetti`ni kafolat muddatida yangisiga almashtirib bermagan. Aksincha, avtomashinani yuvish jarayonida bo‘yog‘iga shikast yetkazgan, degan bahonani ko‘rsatgan. Ammo iste’molchi avtomashinasini ehtiyotlab, nuqsonlar kelib chiqmasligi uchun o‘z vaqtida unga qarab turgan.

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligining Call-markazi orqali kelib tushgan mazkur murojaat agentlikning Toshkent shahar hududiy tuzilmasiga yo‘naltirilgan. Shundan so‘ng “UZAUTOMOTORS” AJ hamda “Sergeli-Avtotexxizmat” MCHJlarga tegishli so‘rov xatlari yuborilib,ularni jalb etilgan holda O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 13 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida Chakana savdo qoidalarini hamda O‘zbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarini) ishlab chiqarish va sotish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 75-sonli qarori talablaridan kelib chiqqan holda o‘rganish o‘tkazilgan.

“O‘rganish davomida, masala oydinlashdi va “Sergeli-Avtotexxizmat” MCHJ o‘rtasida 2019 yil 23 sentyabrda tuzilgan shartnomaga asosan nuqsonli avtomobil 2020 yil 18 avgust kuni xuddi shunday yangi “Lacetti L-Elegant/AT Plus” avtomobiliga (2020 yil 19 avgust holatiga 138 126 000 so‘m) almashtirildi hamda qaytadan rasmiylashtirib berildi”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi “UZAUTOMOTORS” avtomobillari narxini asossiz oshirgani bo‘yicha tekshiruv o‘tkazdi. Natijada kompaniya avtomobillar narxini pasaytirishi kerakligi haqida qaror chiqarildi. Ammo monopolist avtomobilsoz bu qarorga bo‘ysunmay, sudlashishga ahd qildi. Bo‘layotgan ishlarni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining bir guruh deputatlari va keng jamoatchilik diqqat bilan kuzatib boryapti.


Maqola muallifi

Teglar

UZAUTOMOTORS

Baholaganlar

1199

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made