60 million so‘m pensiya va nafaqa pullari o‘g‘irlab ketildi

Jamiyat

image

Samarqandda 60 million so‘m pensiya va nafaqa pullari Xalq bankiga tegishli avtomobildan o‘g‘irlab ketilgan. Bu haqda Samarqand viloyati hokimining Telegram’dagi kanali xabar berildi. 

Voqea joriy yilning 16 fevral kuni sodir bo‘lgan. Kattaqo‘rg‘on tumani Saroyqo‘rg‘on mahallasiga tarqatiladigan 1 dona maxsus xaltada joylashtirilgan 60 million so‘m pensiya va nafaqa pullari Damas rusumli davlat raqami 01 251WEA bo‘lgan sayyor kassa avtomashinasidan o‘g‘irlangan. Bu haqda AT “Xalq banki” Kattaqo‘rg‘on tumani Payshanba filialida haydovchi bo‘lib ishlovchi fuqaro T.J. Kattaqo‘rg‘on shahar IIBga o‘z arizasida ma’lum qilgan.

Arizada qayd etilishicha bank xodimlari X.Sh., I.A., S.E. hamda Kattaqo‘rg‘on shahar IIB tumanlararo qo‘riqlash bo‘limi xodimi B.G‘.lar sayyor kassa avtomashinasida “Saroyqo‘rg‘on”, “Yangiqo‘rg‘oncha” va “Melixo‘ja” mahallalariga peniya va nafaqa pullarini tarqatish uchun yo‘lga chiqishgan. Avtomashinada 3 dona maxsus xaltalarga solingan 116 million so‘m mablag‘ bo‘lgan. Kattaqo‘rg‘on shahar Bahoriston mahallasi A.Navoiy ko‘chasiga kelishgan vaqtda qo‘riqlash bo‘limi xodimi G‘.B. avtomashinadan tushib qolgan, qolganlar ham ovqatlanish uchun shu yerda joylashgan “Lavash” nomli oshxonaga kirishgan. Ovqatlanib bo‘lgach, Kattaqo‘rg‘on tumani Saroyqo‘rg‘on mahallasi binosiga kelishgan hamda 1 dona maxsus xaltada joylashtirilgan 60 million so‘m pensiya va nafaqa pullari o‘g‘irlab ketilganligini sezishgan.

Kattaqo‘rg‘on shahar IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida, ushbu o‘g‘irlik jinoyatini Sirdaryo viloyatida yashovchi bir guruh fuqarolar F.S., I.B. va T.O‘.lar sodir etganligi aniqlangan. Fuqaro F.S va I.B. lar ushlagan va har biridan 15 million so‘mdan pullar ashyoviy dalil sifatida olingan. F.S. boshqaruvida bo‘lgan Nexia rusumli davlat raqami 20 S980SA bo‘lgan avtomashina jarima maydonchasiga joylashtirilgan. Gumon qilinuvchi T.O‘.ni ushlash choralari ko‘rilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 5 fevral kuni Xalq bankining Farg‘ona viloyati, Yozyovon tumanidagi filialida 100 ming dollar naqd pul yo‘qolib qolgan edi. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Pensiya Nafaqa Xalq banki

Baholaganlar

112

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing