6 oy ichida 400 ga yaqin xorijlik Rossiya fuqaroligidan mahrum etildi

Olam

image

Olti oy ichida Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi 398 nafar sobiq xorijlikni sodir etgan jinoyatlari tufayli olgan fuqaroligini bekor qildi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Rossiya Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, yangi federal qonun kuchga kirganidan beri Rossiya fuqaroligini tugatish to‘g‘risida 406 ta qaror qabul qilingan, ulardan 398 nafari jinoiy huquqbuzarlik sodir etganlik bilan bog‘liq.

Qonunga muvofiq, Rossiya Federatsiyasining olingan fuqaroligi Jinoyat kodeksining 64-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlar uchun bekor qilinishi mumkin. Ushbu moddada quyidagi jinoyatlar nazarda tutilgan: Rossiya armiyasini obro‘sizlantirish, sabotaj, sanksiyalar kiritish va tajovuzkor urush boshlash, dezertirlik, harbiy xizmatdan va o‘z vazifalaridan bo‘yin tovlash, josuslik, davlatga xiyonat, davlat sirlarini oshkor qilish kabilar.

Shuningdek, jinoyatlar ro‘yxati jinsiy daxlsizlik, pul yoki qimmatli qog‘ozlarni qalbakilashtirish, giyohvandlik vositalari va qurol-yarog‘larning noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq harakatlar, banditizm, jinoiy guruhni tashkil etish va jinoyat iyerarxiyasida yuqori lavozimni egallash bilan bog‘liq bo‘lgan ayrim moddalar bilan to‘ldirildi.

Olingan fuqarolik, shuningdek, istalmagan xorijiy yoki xalqaro nohukumat tashkilotida ishtirok etish uchun ham mahrum qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Davlat Dumasi deputatlari xorijliklarning mamlakatda bo‘lish muddatini yiliga 90 kungacha qisqartirish va noqonuniy migrantlarni chiqarib yuborish rejimini joriy etishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini taqdim etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

xorijlik jinoiy huquqbuzarlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made