FVV – Vertolyot kerak bo‘lganda Mudofaa vazirligidan olib turamiz

Jamiyat

image

Tog‘li hududlarda tezkor yordam zarurati tug‘ilganda yoki katta hajmli maydonlarda yong‘in kelib chiqqanda voqea joyiga yetib borish uchun Favqulodda vaziyatlar vazirligida vertolyot yo‘q. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi mutasaddilari bilan o‘tgan anjumanda ma’lum qilindi. 

“Vertolyot kerak bo‘lganda Mudofaa vazirligidan olib turamiz, bunda biz yoqilg‘i bilan bog‘liq xarajatlarni qoplab beramiz”, — dedi Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i Shuhrat Dadaxonov.

Vazirlik vakilining so‘zlariga ko‘ra, FVVni vertolyot bilan ta’minlash masalasi o‘z yechimini topadi.

“Favqulodda vaziyatlar vazirligiga vertolyot ajratish va vertolyotlardan foydalanish bo‘yicha Qaror loyihasi tayyorlangan, — dedi Yong‘in xavfsizlik bosh boshqarmasi boshlig‘i Sanjar Zufarov. — Bu masala hatto davlat Dasturiga ham kiritilgan. Rejaga muvofiq 2020 yilda bizning tizimga ham vertolyot berilishi mumkin”.

Matbuot anjumanida Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi, uning hududiy va tarkibiy tuzilmalari Ichki ishlar vazirligidan Favqulodda vaziyatlar vazirligiga o‘tkazilishi natijasida soha oldiga yangi vazifalar qo‘yilgani ma’lum qilindi.

Endi FVV — yong‘in xavfsizligini ta’minlashda davlat siyosatini yurituvchi vakolatli organ hisoblanadi.

Muloqot davomida Nukus, Qarshi, Samarqand, Farg‘ona shaharlarida yirik ko‘lamli favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga mo‘ljallangan hududiy yong‘in qutqaruv otryadlari tuzilishi aytildi.


Maqola muallifi

Teglar

FVV Mudofaa vazirligi

Baholaganlar

20

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing