Tijorat banklari foiz stavkasini xohlagancha belgilashi mumkinmi?

Jamiyat

image

Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida Markaziy bank raisi Mamamirzo Nurmatov “Har bir oila - tadbirkor” Davlat dasturi doirasida kredit olganlar faoliyati o‘rganilayotgani haqida gapirdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

“Biz ko‘proq muhtoj oilalarga asosiy e’tiborni qaratyapmiz. Lekin kredit ajratishda kam ta’minlanganlik to‘g‘risidagi hujjat talab etilmaydi. Qaysi kasbda bo‘lishidan qat’iy nazar qo‘shimcha daromad olmoqchi bo‘lganlarga imkon berilmoqda”, degan Mamamirzo Nurmatov.

Qayd etilishicha, hatto ta’minotchilarga ham sifatli mahsulot olib kelish sharti bilan kreditlar ajratilyapti.

Shuningdek, issiqxona qurish uchun kredit olgan, lekin mablag‘ni boshqa maqsadda ishlatganlar ham aniqlanyapti.

Ta’kidlanishicha, pulni sandiqda saqlagandan ko‘ra, bankda saqlovchilar ko‘paydi. Ular valyuta shaklida uyda saqlamasdan, bankka ishonch bildirmoqda. O‘tgan yili aholining muddatli omonatlar hajmi 72 foizga o‘sgan.

Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasi 16 foiz, lekin tijorat banklari foizi juda yuqori. Sessiyada tijorat banklarini nazoratga olish mumkin emasmi, degan savolga Markaziy bank rahbariyatining bunga vakolati yo‘qligi ma’lum qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Markaziy bank kredit tijorat banki

Baholaganlar

79

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing