Mirziyoyev oy oxirida Belarusga boradi

Jamiyat

image

Joriy yilning 31 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Belarus Respublikasiga tashrif buyuradi. Bu haqda O‘zbekistonning Belarusdagi Favqulodda va muxtor elchisi Nosirjon Yusupov ma’lum qildi.

Shavkat Mirziyoyevning Belarusga tashrifi dasturidan yuqori texnologiyalar parkiga tashrif ham o‘rin olgan. Tashrif davomida ikki davlat hududlararo forumi ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Tashrif arafasida va vaqtida Minsk shahrida bir qator tadbirlar tashkillashtiriladi. “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” milliy mahsulotlar ko‘rgazmasi, buyuk o‘zbek shoiri Alisher Navoiy byustining ochilishi va O‘zbekiston madaniyati kunlari shular jumlasidan.

Yusupov O‘zbekiston Belarus bilan qishloq xo‘jaligi sohasida ham hamkorlik qilishdan manfaatdorligini qayd etgan.

Mirziyoyevning Belarusga tashrifi 31 iyul-1 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning 12-14 sentyabr kunlari Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko O‘zbekistonga tashrif buyurgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev O'zbekiston-Belarus'

Baholaganlar

7

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing