Qo‘mita yangi elektr hisoblagichlar bo‘yicha shikoyatlarga munosabat bildirdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasi elektr energiyasi sarfini hisoblovchi yangi priborlarning xaddan ziyod ko‘p ko‘rsatayotgani haqidagi murojaatlarga munosabat bildirdi.

“O‘rnatilgan va o‘rnatilayotgan elektr energiyasi sarfini hisoblovchi yangi priborlar texnik talablarga muvofiq “O‘zbekenergo” AJ tomonidan sotib olingan. Ular sertifikatga ega va tegishli tartibda qiyoslovdan o‘tgan. Qiyoslov – bu hisoblagich to‘g‘ri ishlayotganini (ko‘rsatkichlarni to‘g‘ri ko‘rsatayotganini) tekshirish.

Agar sizda o‘rnatilgan yangi hisoblagich haqiqatda iste’mol qilingan elektr energiyasidan ko‘proq sarfni ko‘rsatyotgani to‘g‘risida shubha uyg‘onsa, siz o‘z hisobingizdan hisoblagichni qayta qiyoslovdan o‘tkazish to‘g‘risida tuman elektr tarmog‘iga buyurtma berishingiz mumkin. Shunda, tuman elektr tarmog‘i xodimlari hisoblagichni tarmoqdan uzib sizga beradi, siz esa hisoblagichni o‘z hisobingizdan O‘zstandart agentligida qayta qiyoslovdan o‘tkazasiz. Natijada, siz hisoblagichni qanday ishlayotgani to‘g‘risida aniq ma’lumotga ega bo‘lasiz. Shuningdek, siz yetgan zararni qoplash va hisoblagichni almashtirish to‘g‘risida ariza bilan tuman elektr tarmog‘iga murojaat qilishingiz ham mumkin”, deyiladi Qo‘mita xabarida.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tashabbuskor iste’molchilardan iborat guruh tuzishni taklif qiladi. Agar shunday guruh tuzilsa, u holda guruh a’zolari muammolarni joyiga chiqqan xolda o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

monopoliya elektr hisoblagich

Baholaganlar

99

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing