Yevropaning eng serxarajat klublari ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Ispaniyaning “Barselona” klubi so‘nggi besh yilda bir milliard yevrodan ko‘p pul sarfladi. Bu yevropa futbolidagi eng yuqori ko‘rsatkich, deb xabar bermoqda “Voetbal International” nashri.

Fransiyalik hujumchi Antuan Grizmanning 120 mln yevroga transfer qilinishi bilan kataloniyaliklarning besh yilda sarflagan pullari 1,08 mlrd yevroni tashkil qilgan. Ikkinchi o‘rinni Angliyaning “Manchester Siti” klubi egalladi. Ingliz klubi 996 mln yevroni tashkil qildi. Uchinchi o‘rinni “Manchester Yunayted” klubi uchlikni yakunlagan. “Qizil iblislar” 2014/2015 mavsumda transfer uchun 890 mln yevro sarflagan.

Ispaniya chempionatida “Barselona”ning ashaddiy raqibi Madridning “Real” klubi ushbu ro‘yxatda 8-o‘rinni band qilib turibdi. “Qirollik klubi” so‘nggi besh yilda tarkibini kuchaytirish uchun 755 mln yevro sarflagan.

Eslatib o‘tamiz, Grizmann “Barselona”ga 12 iyul kuni qo‘shildi. 


Maqola muallifi

Teglar

transfer Barselona

Baholaganlar

24

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing